Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-04-22 07:08:17
  • 6 comments
Toshkent farmatsevtika instituti, Noorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi jamoasining Mirobod tumani kimyo o’qituvchilari uchun navbatdagi malaka oshirish darslari

 

   Toshkent farmatsevtika instituti, Noorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi assistenti F.R.Jumaboyev tomonidan 22.04.2021 sanasida Mirobod tumanida joylashgan 328-umumiy o'rta ta'lim maktabida Mirobod tumani kimyo fani o'qituvchilari uchun "Elektroliz" mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Qiziqarli tarzda tashkil etilgan mahorat darsida maktab o'qituvchilariga "Elektroliz" mavzusi yuzasidan masalalar yechish sir-asrorlari o'rgatildi. O'z navbatida mahorat darsi qatnashchilar mavzuga doir o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Tadbir yakunida o'qituvchilar tomonidan Oksidlanish-qaytarilish (ion-elektron) reaksiyalari mavzusida ham mahorat darslari tashkil etib berilishi borasida takliflar kelib tushdi. Shunga ko'ra, kelgusi darslarda yuqoridagi mavzu yuzasidan mahorat darslari tashkil etilishi borasida kelishib olindi.

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating