Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-04-16 03:23:35
  • 6 comments
Institut 1-sonli Talabalar turar joyida yashovchi talaba-qizlar o‘rtasida “Insoflilik va andisha – inson ma’naviyatining bezagi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

 

 

   “Toshkent farmatsevtika institutida 2020-2021  o‘quv yilida yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy yo‘nalishda amalga oshiriladigan  ishlar bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida institut 1-sonli Talabalar turar joyida yashovchi talaba-qizlar o‘rtasida “Insoflilik va andisha – inson ma’naviyatining bezagi”, “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzularida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda institut Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova, bo‘lim uslubchisi N.E.Yusupovalar ishtirok etib, mavzu yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi. Shuningdek, suhbat jarayonida institut talaba-qizlari o‘rtasida yot ta’sirlarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish, erkin fikrlaydigan, o‘zining qat’iy hayotiy pozitsiyasiga ega avlodni tarbiyalashga ahamiyat berish va past saviyali “ommaviy madaniyat” ta’siridan asrash maqsadida internet tarmog‘ida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borildi.

 

 

 

 

Yoshlar bilan ishlash,

ma’naviyat va ma’rifat

                                                                                                                             bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova

 

 

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating