Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
Seminar-trening -maktab bilan hamkorlikning samarali usuli
2021-yil 6- yanvar kuni Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi 319- umumiy o’rta maktabda uchinchi chorakdan oldin pedagogik kengash o‘tkazildi. Kengashda maktab va Toshkent farmatsevtika instituti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi bilan hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. Kengashdan so‘ng xorijiy til va rus tili o‘qituvchilari uchun O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasining katta o‘qituvchisi A.Abdullaeva, S.Shukurdjanova va o‘qituvchi Z.Xudoyarovalar “O‘quvchi nutqini rivojlantirishda samarali usul va vositalardan foydalanish” mavzusida seminar-trening o‘tkazishdi. Maktabning xorijiy til o‘qituvchilari o‘qitishning yangi metod va texnologiyalari bilan tanishishdi. Seminar-treningda maktab rahbariyati va O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri dotsent
S.M.Tuychieva ishtirok etishdi.