Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 76 yilligini keng miqyosda nishonlash maqsadida “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida 9 may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan O‘zbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushidagi jasorati, sabr-matonati, mardligi, vatanparvarligini tarannum etuvchi “Urush xotiralarida” ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovini o‘tkazish rejalashtirildi.
Mazkur ko‘rik-tanlov rangtasvir, rassomchilik, amaliy san’at, grafika, haykaltaroshlik, xalq amaliy san’ati, bayon insho, esse va hikoyalar yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Shu munosabat bilan ko‘rik-tanlovga ishtirok etish istagi bo‘lgan professor-o‘qituvchi va talaba-yoshlar Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.