Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
The University of Warwick treneri bilan hamkorlik uchrashuvi
2021- yil 8- aprel kuni Toshkent farmatsevtika instituti kichik faollar zalida O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan dunyoning 1000 talik universitetlari qatoriga kirgan The University of Warwick ilmiy tadqiqotchisi, O‘zbekistonda nofilologik OTMlarda ingliz tilini o‘qitilishi loyiha koordinatori Kamila Tangirova bilan seminar tashkil etildi. Seminarda bugungi kunda nofilologik OTMlarda ingiliz tilini o‘qitishning ilg‘or konsepsiyasi masalalari, farmatsevtik terminlar bilan ishlash metodikalari haqida fikr yuritildi. Xalqaro trenner bilan birga kafedra ilmiy tadqiqotchisi F.SHirinova ham o‘z ilmiy tadqiqoti haqida ma’lumot berdi. Seminar ishtirokchilari The University of Warwick anketalariga javob berishdi. Uchrashuv qizg‘in, konstruktiv ruxda o‘tdi. Seminrada 32 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.