Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-04-03 11:09:57
  • 6 comments
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan 1-sonli Talabalar turar joyida “Pazandalik sirlari” to‘garagi doirasida talaba-qizlar o‘rtasida master – klas tashkil etildi

 

 

  “Yoshlarning kundalik hayotini foydali mazmun bilan to‘ldirishga qaratilgan Sirdaryo viloyati tajribasini keng joriy etish maqsadida “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini  mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus”ni Toshkent farmasevtika instituti talaba-yoshlariga qo‘llash bo‘yicha 2020-2021 o‘quv yiliga mo‘ljallangan “YO‘L XARITASI”ning 5-tashabbus: Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash hamda talaba-qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish” bo‘yicha  2021 yil 2 aprel kuni soat: 16-00 da O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan 1-sonli Talabalar turar joyida “Pazandalik sirlari” to‘garagi doirasida talaba-qizlar o‘rtasida turli milliy taomlarimiz, ko‘k somsa, ko‘k chuchvara tayyorlash sir-sinoatlari hamda bahoriy salat tayyorlash bo‘yicha master klas tashkil etildi. Tadbirda O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchilari Jo‘raeva Sevara ishtirok etib, milliy taomlarimiz, ko‘k somsa, ko‘k chuchvarani hamda bahoriy salatlarning tayyorlash jarayonlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek mazkur taomlarni tayyorlab talaba-qizlar o‘rtasida ko‘rsatib berdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

Yoshlar bilan ishlash,

ma’naviyat va ma’rifat

                                                                                                                                                                               bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova

Taklif va mulohazalaringizni jonating