Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2025-06-12 14:16:38
  • 6 comments
AKADEMIK MOBILLIK – HAMKORLIK IMKONIYATI

Bugungi kunda o'qituvchilarning kompetentsiyalari ta'lim sohasiga qo'yiladigan talablarga javob berishi kerak. Shuning uchun o'qituvchilarning akademik mobilligi juda dolzarbdir. O'qituvchilarning xalqaro akademik dasturlarda ishtirok etishi xalqaro akademik muhitda hamkorlikda ishlash tajribasiga ega bo'lish va boshqa mamlakatlarning ta'lim tizimlari bilan tanishish imkonini beradi.

2025-yil 2-10 iyun kunlari akademik mobillik doirasida Qozog‘iston Respublikasining Alma-Ata shahrida joylashgan S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti “Kimyo” kafedrasi bir qator o’qituvchilari institutga tashrif buyurdilar. Professor v.b. Begimova G.U. - “Organik sintez” kafedrasida, professor v.b. Nechepurenko E.V. – “Analitik kimyo” kafedrasida, lektor Kuksina I.A. - “Noorganik, fizik va kolloid kimyo” kafedrasida Farmatsya va Sanoat farmatsiyasi yo’nalishlari 1 va 2 kurs talabalari uchun ma’ruza va laboratoriya mashg’ulotlarni o‘tdilar, hamda kafedra professor-o’qituvchilariga mahorat darslarni o’tkazdilar.

 

 

 

 

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating