Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2025-06-12 14:05:17
  • 6 comments
S.D. Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston Milliy tibbiyot akademiyasi tashrif.

Toshkent farmatsevtika institute professori G.U. Tillayeva kuni kecha qardosh Qozog’iston Respublikasining Olmaota shahrida o’tkazilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi. S.D. Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston Milliy tibbiyot akademiyasining 95 yilligiga bag‘ishlangan Qozog‘iston Milliy universiteti tomonidan tashkil etilgan “Ana Med Forum - New generation 2025” forumi professor R. Dilbarxanovning 80 yilligiga bag‘ishlangan VII Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida “Farmatsiya ilmiy maktabining shakllanishi va rivojlanish istiqbollari: avlodlar davomiyligi” butun dunyo olimlarini birlashtirdi.

G.U. Tillayeva forum doirasida spiker sifatida ishtirok etdi, ma’ruzalar, auditoriya mashg‘ulotlari o‘tkazdi, “Innovatsion yondashuv bilan serratiopeptidaza va ibuprofen asosida kombinatsiyalangan dori vositasini ishlab chiqish” mavzusida oflayn rejimda mahorat darsini muvaffaqiyatli o‘tkazdi va sertifikatlarga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, G.U. Tillayeva Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti va Toshkent farmatsevtika instituti o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasiga muvofiq akademik mobillikning Boloniya jarayoni tamoyillari va Shygys 04-01-06-24 905 - mobilligini tashkil etish to‘g‘risidagi farmoyishiga muvofiq xalqaro ta’lim tizimi bo‘yicha qo‘shma ta’lim loyihalarini amalga oshirish uchun seminar-treninglar o‘tkazdi.

 

 

 

 

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating