Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabr, PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni, 2018 yil 5 iyun, PQ-3775-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2019 yil 6 may, PQ-4310-son “Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarida belgilangan vazifalarning ijrosini to‘laqonli bajarish, o‘quv jarayoniga yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni keng jalb qilishni ta’minlash maqsadida dunyoning “Top-1000” o‘rin egallagan Qozog‘iston Respublikasining Alma-Ata shahridagi S. D. Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti “Farmatsevtika ishini tashkil qilish, farmatsevtika iqtisodiyoti va klinik farmatsiya” kafedrasining (PhD) dotsenti E.A. Serikbayeva, katta o’qituvchisi (PhD) M.Z. Ashirov, va katta o‘qituvchisi Zh.D. Seitovalar talabalarga 2025 yilning 23.04.-26.04. kunlari fanlardan ma'ruza va amaliy mashg'ulotlar olib borishdi