Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
Al-Farobiy nomidagi Qozog'iston milliy universitetida 3-5 aprel kunlari Kimyo yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan «Farabi әlemі» nomli xalqaro talabalar va yosh olimlar konferensiyasida Toshkent farmatsevtika instituti “Organik sintez” kafedrasi mudiri F.A. Pulatova, dotsent D.A. Ergasheva hamda Toksikologik kimyo kafedrasi dotsentlari Nurmatova M.I., G.Yu.Malikovalar institutimizning bir qator talabalari bilan birga qatnashdilar. Faxriy 2 - o’rinni 5 - kurs farmatsiya yo`nalishi 502 B guruh talabasi Sh.A.Muzaffarova egalladi. Barcha qatnashgan talabalar konferensiyada faol qatnashgani uchun faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.
Akademik mobillik dasturi asosida institutning “Organik sintez” kafedrasi mudiri F.A. Pulatova, dotsent D.A. Ergasheva hamda Toksikologik kimyo kafedrasi dotsentlari Nurmatova M.I., G.Yu.Malikovalar S.D. Asfendiyarov nomidagi Qozog'iston milliy tibbiyot universitetiga professor-o'qituvchilar va talabalarning o'zaro akademik mobillik almashinuvi doirasida 2-5 aprel kunlari tashrif buyurdilar. Tashrif davomida farmatsevtika yo‘nalishidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va amaliy ko‘nikmalarni oshirish maqsadida bir qator ilmiy va ta’limiy tadbirlar tashkil etildi.
Jumladan, akademik mobillik dasturiga asosan “Farmatsiya” va “Farmatsevtika ishlab chiqarish texnologiyasi” ixtisosliklarining 2-4 kurs talabalari o'rtasida Organik kimyo, Organik sintez, Toksikologik kimyo va Biologik kimyo fanlaridan ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Tegishli kafedralar professor-o‘qituvchilari uchun mahorat darslari tashkil etilib, bunda fanlarni o‘qitishning zamonaviy metodlari, laboratoriya ishlarini takomillashtirish va xalqaro standartlarga mos ilmiy tadqiqotlar olib borish bo‘yicha muhim tajribalar almashildi.