Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
Bugun, Toshkent farmatsevtika instituti rektori Kamal Rizayev hamda O‘zbekiston Respublikasi Dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov o'rtasida o‘zaro hamkorlik bitimi imzolandi.
Uchrashuv Toshkent farmatsevtika instituti rektori Kamal Rizayev va O‘zbekiston Respublikasi Dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov boshchiligida o'tkazildi va bunda institut Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha 1-prorektor Ibrohim Sagatov, Rektor maslahatchisi Temur Tojiboyev, O'zRDF Rais maslahatchisi Kseniya Gulyamova va Bosh kotibi Aziz Sobirovlar ishtirok etdilar.
Bitim doirasida tomonlar talaba-yoshlar orasida dzyudo sportini keng ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va yoshlarni muntazam sport bilan shug‘ullanishga jalb etish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishdilar. Shuningdek, bunda talabalar uchun dzyudo sporti bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish hamda respublika va xalqaro musobaqalarda terma jamoa safida ishtirok etishlari uchun zarur sharoitlar yaratish ishlari ham ko‘zda tutildi.
Hamkorlik natijasida institutda sport infratuzilmasini rivojlantirish, malakali murabbiylarni jalb qilish hamda talabalar uchun zamonaviy o‘quv-uslubiy materiallarni yaratish ishlari ham belgilab olindi.