Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2025-03-04 07:55:47
  • 6 comments
FICHTQ va SM kafedrasida hayrli ishlar davom etmoqda.

Farmatsevtik ishlab chiqarishni tashkil qilish va sifat menejmenti kafedrasi professor-o’qituvchilari bilan Mirobod tumanida joylashgan “Parvona” MFY si bilan hamkorlik ishlari reja asosida olib borilmoqda.

2025 yil 01 mart kuni kafedra mudiri N.A.Yunusxodjayeva va professor-o’qituvchilari G.U.Tillayeva, D.T.Gaibnazarova, I.M.Iminova va Yo.T.Saidkarimovalar  tashrif  uyushtirdilar. Bunda MFY xodimlari bilan birgalikda mahalla raisi X.A.Rizmetov, xotin qizlar faoli N.B.Adilovalar tomonidan   mahallada yashovchi nogironligi mavjud, boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi xolidan xabar olindi va ularning muammo va kamchiliklari, yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishildi.  

Kafedra professori G.U.Tillayeva tomonidan “Bu mening oilam” mavzusida suhbat o’tkazildi. Bu suhbat davomida yosh onalarga bolalar parvarishi yuzasidan maslahatlar berildi. “Parvona” MFY sida faoliyat olib borilayotgan kutubxonaga G.U.Tillayeva tomonidan badiiy, ijtimoiy va yosh bolalar parvarishi uchun, tibbiyotda bola parvarishi, bolalar pediatriyasi kitoblari xadya qilindi.

Tashrif davomida Ramazon oyi xayr-sahovot oyligi  munosabati bilan “Xayr-sahovat o’zbek halqiga xos fazilat”  shiori ostida “Parvona” mahallasida yashovchi ijtimoiy-himoyaga muhtoj bir-nechta oilalarga oziq-ovqatlar va moddiy yordam qilindi.

 



 

 

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating