Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
Kuni kecha, Toshkent farmatsevtika institutida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha 1-prorektor I.R.Sagatov ishtirokida fuqarolar, insititut professor-oʻqituvchilari, xodimlar va talabalar o’rtasida sayyor qabul oʻtkazildi.
Mazkur qabul O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 20-yanvardagi “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbariyati tomonidan 2025-yilning 1-yarmida hududlarda o‘tkaziladigan jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabul qilish grafigi”da belgilangan vazifalar hamda institut rektorining 2025-yil 24-yanvardagi 53-sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Sayyor qabulda fuqarolar institut professor-o‘qituvchilari, xodimlar va talabalar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar, fikr-mulohazalar va takliflarini bildirdilar. Qabul davomida I.R.Sagatov ishtirokchilarning fikrlariga o‘z munosabatini bildirib, iqtidorli talabalarni institutda o‘tkazilayotgan tanlov va to‘garaklarga jalb qilish, til markazlarida faoliyat yuritish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Shuningdek, talabalar va xodimlar uchun tarixiy qadamjolarga sayohatlar tashkil etish masalalari yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar tayinlandi.