Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2025-02-28 09:00:57
  • 6 comments
Farmatsevtik ishlab chiqarishni tashkil qilish va sifat menejmenti” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Mirobod tumani “Parvona” mahallasida hayriya tadbiri.

Toshkent farmatsevtika instituti “Farmatsevtik ishlab chiqarishni tashkil qilish va sifat menejmenti” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Mirobod tumani “Parvona” mahallasida hayriya tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda mahalla raisi X.A.Rizmetov, xotin qizlar faoli N.B.Adilova hamda kafedra professor-o‘qituvchilari G.M.Ismoilova, G.I.Sadikova, N.S.Sadikova, Zh.A.Raxmonova va Sh.A.Ismatovalar bilan birgalikda mahallada yashovchi nogironligi mavjud, boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi xolidan xabar olindi va ularning muammo va kamchiliklari, yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishildi.

Suhbat jarayonida mahalla faollaridan mahallada yashovchi kam ta’minlangan, keksalar xolidan xabar olish va ularga yaqindan ko‘mak berish maqsadida xonadonlariga tashrif uyushtirildi. Shuningdek, kafedra tashabbusi bilan qilingan hayriya ishlari doirasida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi.

 

 


 

 

 

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating