Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
Bugungi kunda oliy ta’lim tizimida malakali kadrlar tayyorlashda akademik mobillik va dual ta’lim muhim o‘rin egallaydi. Akademik mobillik talabalarga o‘zlari tanlagan mutaxassislik bo‘yicha keng qamrovli ta’lim olish, turli mamlakatlarning o‘qituvchilariga hamkorlik qilish imkoniyatini beradi.
2025-yilning 7-15-fevral kunlari akademik mobillik doirasida “Analitik kimyo” kafedrasi mudiri M.Fatxullaeva va “Organik sintez” kafedrasi dotsenti v.b. N.K.Chinibekovalar rahbarligida “Farmatsiya” yo‘nalishi 2-kurs talabalari S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozoq Milliy tibbiyot universitetining “Kimyo” kafedrasida analitik va organik kimyo fanlaridan o‘quv amaliyotini o‘tashdi.
O‘quv amaliyoti dasturiga ko‘ra talabalar analitik va organik kimyo fanidan mashg‘ulotlarda qatnashdilar, mashg‘ulotlarni professorlar Balpanova D.T., Begimova G.U., Nechepurenko E.V., o‘qituvchilar Aldibekova G.A., Kuksina I.A. o’tkazdilar. Undan tashqari talabalar Farmatsiya maktabi dekani Sakipova Z.B., dekan o‘rinbosari Zhagiparova J.A., Kimyo kafedrasi mudiri Mirzaqoja D.A. tomonidan o‘tkazilgan mahorat darslarida ishtirok etdilar. Amaliyot o’tash davrida universitet prorektorlar Kalmataeva J.A. va Datxayev U.M. bilan davra suhbatlari tashqil qilindi, hamda S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozoq Milliy tibbiyot universitetida faoliyat yuritgan tarix muzeyi va anatomik muzeyga tashrif buyurildi.