Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
Toshkent farmatsevtika instituti Farmakognoziya kafedrasi professor-o'qituvchilari Mirobod tumani “Solar” mahallasida joylashgan 94-umumta'lim maktabi bilan hamkorlikda o'quvchilar o'rtasida o'tkazilgan Zahiriddin Muhammad Boburning 542 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etdilar.
Tadbir davomida 2-, 5- va 6-sinf o‘quvchilari o‘z bilim va iqtidorlarini namoyon etib, badiiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari va raqslar ijro etdilar. Tadbir yakunida institut Farmakognoziya kafedrasi professor-o'qituvchilari S.Xudoyorova, L.Bozorova va N.Abduraximovalar tomonidan faol ishtirok etgan o‘quvchilarga she’riy to‘plam kitoblari hadya qilindi.