Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2025-02-15 13:29:13
  • 6 comments
Tadbir! Farmatsevtik ishlab chiqarishni tashkil qilish va sifat menejmenti” kafedrasida “Ikki buyuk mutafakkir A.Navoiy, Z.M.Bobur siymosi asarlari talabalar orasida” mavzusida o’tqazildi

“Farmatsevtik ishlab chiqarishni tashkil qilish va sifat menejmenti” kafedrasida  9-fevral kuni  Buyuk she’riyat sultoni Alisher Navoiyning tavallud topgan kunining 584-yilligi va 14-fevral Zaxriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kunining 542-yilligi munosabati bilan farmatsiya yo’nalishi 4-5-kurs talabalari o’rtasida “Ikki buyuk mutafakkir A.Navoiy, Z.M.Bobur siymosi asarlari  talabalar orasida” mavzusida suhbat – trening tadbiri o’tqazildi. Tadbirda kafedra mudiri N.A.Yunusxodjayeva va kafedra professor-o’qituvchilaridan G.U.Tillayeva, D.T.Gaibnazarova, Yo.T.Saidkarimova, D.M.Sarvarova, D.B.Kasimova, Sh.A.Jabbarova, Sh.O.Hakimjonova, N.S.Sadikovalar talabalarga A.Navoiy va Z.M.Bobur ijodi va hayoti haqida ma’lumot berishdi, she’riy g’azallaridan  she’rlar o’qildi. Suxbat davomida Yo.T.Saidkarimova talabalarga ikki buyuk mutafakkir ijodi va hayoti yuzasidan savollar berildi,     talabalardan Xamraliyeva Nargiza, Akbaraliyev Axadjon, Suvonava Raximalar, Valiqulova Maxbubalar tomonidan  g’azal va ruboilar o’qib eshittirildi. Bu ikki mutafakkir A.Navoiy va Z.M.Bobur oʻzbek adabiyoti va madaniyati tarixidagi ulugʻ siymolardandir.  

 

 








Taklif va mulohazalaringizni jonating