Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2025-01-20 14:03:04
  • 6 comments
Tadbir! Farmakognoziya kafedrasi professor –o‘qituvchilari Toshkent shahar M.Ulug‘bek tumani 221- o‘rta ta’lim maktabning 11 A va 11B sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil qilishdi.

Toshkent farmasevtika instituti Farmakognoziya kafedrasi professor-o‘qituvchilari kafedraga biriktirilgan Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 221 – maktabi o‘qituvchilari va o‘quvchilari bilan hamkorlik ishlarini davom ettirib, rejaga kiritilgan ishlarni amalga oshirish maqsadida 2025 yil 16 yanvar kuni maktabga tashrif buyurdilar. Farmakognoziya kafedrasining maktabga ma’sul xodimi dotsent F.M.Dusmuratova M.Ulug‘bek tumanidagi 221 – maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha ma’sul Shomuratova Nodira Tolibaevna, ma’naviyat ishlari buyicha ma’sul Kuyjanova Oydinoy Ravshanovna bilan hamkorlikda “Oliy ta’lim yoki ilmiy tadqiqot muassasasida ilm-fan va texnologiyalar sohalarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan ixtirochilar, olimlar bilan maktab o‘quvchilari o‘rtasida uchrashuv” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Uchrashuvda Toshkent farmasevtika instituti farmakognoziya kafedrasi professori A.Q.Ganiev, dotsentlar M.T.Yulchieva, D.Q. Po‘latova, M.Sh.Ikramova va assistent M.K.Muxitdinovalar ham ishtirok etib, farmasevtika sohasining yutuqlari, o‘zlarining faoliyatlari haqida ma’lumot berdilar va 221- maktabning yuqori sinf 11A va 11V-o‘quvchilarining sohaga qiziqishlarini uyg‘otdilar.

Bundan tashqari maktabning biologiya fani o‘qituvchisi Alieva Nodira Mamirjonovnaning darsiga ham tashrif buyurib, u yerda 9 A- sinf o‘quvchilari bilan qiziqarli suhbatlar o‘tkazishdi.



 

 

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating