Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-03-25 11:49:13
  • 6 comments
Institut talabalari O‘zbekiston davlat tabiat muzeyiga tashrif buyurishdi

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi hamda O‘zbekiston yoshlari forumidagi ma’ruzasida yoshlarimizning ilm-ma’rifatga intilishini rag‘batlantirish, xususan institutda sifatli ta’lim-tarbiya berishni yo‘lga qo‘yish, ma’naviy poklik, qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etish zarurligini ta’kidlab o‘tdilar. Davlatimiz rahbari yoshlar qalbida milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, ona Vatanga muhabbat, buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitetni yanada kuchaytirishda madaniyat va san’at sohasining, xususan, teatr va kino san’ati hamda muzeylarning roli nihoyatda muhimligini doimiy ravishda ta’kidlab kelmoqdalar.      Shuning uchun, madaniyat va san’at maskanlaridan, ayniqsa teatr, kino va muzeylar imkoniyatlaridan yoshlar tarbiyasida keng foydalanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 maydagi “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6000 – son farmonida ham talabalarni teatr, kino, muzey va boshqa madaniyat muassasalariga keng jalb qilish vazifasi belgilangan. Shu maqsadda institut talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida institut talabalari O‘zbekiston davlat tabiat muzeyiga tashrif buyurishdi. Tashrif jarayonida muzey faoliyati, undagi noyob anjomlar, eksponatlar bilan yaqindan tanishildi.

 

Yoshlar bilan ishlash,

ma’naviyat va ma’rifat

                                                                                                                                                                                                                                                              bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova

Taklif va mulohazalaringizni jonating