Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
“Toshkent farmatsevtika institutida 2020-2021 o‘quv yilida yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy yo‘nalishda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”ning 37-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yilning 31 dekabr kunidagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1059-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida institut professor-o‘qituvchilari va talabalari Muqumiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatriga tashrif buyurishdi. Tashrif jarayonida talabalar o‘rtasida guruh murabbiylari “Teatr – ma’naviyat o‘chog‘i” ekanligi yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi. Muqumiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri jamoasi institut professor-o‘qituvchilari va talabalariga “O‘tgan kunlar” spektaklini namoyish etdi. Mazkur tadbirga jami 250 nafar institut professor-o‘qituvchilari va talabalari jalb etildi.
Yoshlar bilan ishlash,
ma’naviyat va ma’rifat
bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova