Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2024-11-26 09:01:51
  • 6 comments
Amaliyot! Toshkent farmasevtika instituti Farmakognoziya kafedrasida amaliyot kunlaridan lavhalar.

Toshkent farmasevtika instituti Farmakognoziya kafedrasida “Sanoat farmatsiya” fakulteti Biotexnologiya yo’nalishi 3-kurs talabalari va 2-kurs “Dori vositalarini standartlashtirish, sertifikatsiyalash va sifat menejmenti” yo’nalishi  talabalarini “Farmakognoziya” fanidan  “So’qoq eko maskani”ga tashrif buyurishdi. “Joylarda yovvoyi holda o’sadigan dorivor o’simliklar bilan tanishish ” mavzusi yuzasidan dala amaliyotiga olib borildi. Talabalar amaliy, nazariy bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishdi. Dala amaliyotida yovvoyi holatda o’sadigan itburun na’matagi, dorivor zirk o’simligi, sumax daraxti, qarag’ay daraxti, archa daraxti, chilonjiyda daraxti, tog’rayxon o’simligi va hokazo o’simliklarni ko’rib, morfologik xususiyatlari bilan tanishib chiqdilar.

Sanoat farmatsiyasi fakul’teti sanoat farmatsiyasi yo’nalishi 2 kurs talabalari Farmatsevtik botanika moduli bo’yicha 2024-2025 o’quv yili uchun rejalashtirilgan o’quv amalyotini O’zRFA akademik F.N.Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog’ida o’tkazildi. Talabalar Toshkent Botanika bog’ining Sharqiy Osiyo, shimoliy Amerika, Evropa –Qirim, Kavkaz, dorivor o’simliklar laboratoriyasi va osimliklar sistematikasi uchastkalariga tashrif buyurishib, turli hayotiy shaklga ega o’simliklar turlari bilan tanishib,o’simliklarning morfologik tuzilishlarini o’rganishdi.

 

 

 

 

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating