Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-01-07 21:06:00
  • 6 comments
Sahovat va ko’mak – qadriyatlarimiz namunasi

Sahovat va ko’mak – qadriyatlarimiz namunasi

Institutda olib borilayotgan mehr-sahovat ishlaridan yana biri Mirobod tumani “Tong yulduzi”mahallasida isteqomat qiluvchi kam ta’minlangan oilalarga tashrif  bo’ldi.

Institut rahbar xodimlari, professor-o’qituvchilari hamda talabalari o’rtasida Sahovat hayriya aksiyasi e’lon qilinganligi haqida xabar bergan edik. Mazkur aksiya yakuniga ko’ra  to’plangan mablag’lardan Toshkent shahri Sergeli tumanidagi  33-sonli “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilariga sovg’a salomlar olish bilan bir qatorda kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan ham  xabar olindi. Sahovat hayriya aksiyasidan yig’ilgan mablag’ evaziga oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, bolajonlarga o’yinchoqlar kabi yana turli sovg’alar olindi. 2020-yil 23-24 dekabr kunlarida institut rahbar xodimlari Mirobod tumani “Tong yulduzi”mahallasida isteqomat qiluvchi kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xonadoniga tashrif buyurib, sahovat ishlarini yakunladilar.

 

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating