Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
Xalqaro hamkorlik yo'lida yana bir qadam: Yaponiyaning Nagoya universiteti delegatsiyasi Toshkent farmatsevtika institutida
Kuni kecha, Yaponiya davlatining Nagoya universiteti delegatsiyasi Toshkent farmatsevtika institutiga tashrif buyurdi va tashrif davomida delegatsiya tarkibida Nagoya universitetining Iqtisodiyot oliy maktabi professori Dr.Shigeaki Mishima, Hamshiralik oliy maktabi dotsenti Dr.Naomi Akiyama hamda Xalqaro almashinuv markazi boʻlimi boshligʻi janob Satoshi Chihara ishtirok etdi.
Uchrashuv chog‘ida janob Satoshi Chihara Nagoya universitetining boy tarixi, geografik joylashuvi, ta’lim jarayonida yaratilgan zamonaviy imkoniyatlar hamda keng qamrovli o‘quv yo‘nalishlari haqida batafsil taqdimot o‘tkazib, universitetdagi ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari, innovatsion loyihalar, xalqaro almashinuv dasturlari va talabalarga yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumotlar berdi.
O‘z navbatida, Toshkent farmatsevtika instituti Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Umida Tillayeva institutning tarixi, mintaqaviy ahamiyati va ta’lim jarayonidagi zamonaviy imkoniyatlar, institutining o‘quv yo‘nalishlari, laboratoriya va ilmiy-tadqiqot ishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek, xalqaro hamkorlik yo‘nalishidagi muvaffaqiyatlar haqida ma’lumotlar berib o'tdi.
Mehmonlar Toshkent farmatsevtika instituti bilan hamkorlikni rivojlantirish orqali ikki davlat ta’lim tizimida yangi imkoniyatlar yaratishga oid qator taklif va g‘oyalar nafaqat talabalarning, balki professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilarning ham kasbiy o‘sishi uchun muhim imkoniyat boʻlishini qayd etdilar.