Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
#RASMIY_MUNOSABAT
Toshkent farmatsevtika instituti tayanch doktorantura qabuli boʻyicha fuqaroning yoʻllagan murojaati haqida “Doktorantlar Official PhD, DSc” telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali xabar tarqaldi.
Kanal admini xabar sarlavhasida keltirishicha: “Toshkent davlat farmasevtika instituti ilmiy boʻlimi “ahvoli”. Nufuzli oliygoh ilmiy boʻlimi xodimlari shu ahvolda boʻlsa endi. Bu holatni qanday tushunish mumkin? Mas’ul xodimlardan rasmiy munosabat kutib qolamiz” - deya keltirilgan.
Ushbu xabarda fuqaro murojaatida keltirilishicha: "Raxmat Sherali aka! Ollox rozi boʻlsin Sizdan, TashFarmIda Nilufar degan qizmi opami ustimdan rossa kuldi, aytganman ustizdan murojaat qoldiraman dep, xoxlaganingni qil "boshqa ishlaydigan ishing yoʻq konechno qilasande" deyishdi manga" - deyiladi.
Holat yuzasidan Toshkent farmatsevtika instituti quyidagilarni ma’lum qiladi:
Ma’lum boʻlishicha, yuqorida keltirilgan fuqaro murojaatiga Toshkent farmatsevtika institutining Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo’limi tomonidan tegishli javob va tushuntirishlar taqdim etilgan.
Ammo, Toshkent farmatsevtika institutning tayanch doktorantura qabuli uchun hujjatlarni taqdim etayotgan fuqaro institutda ushbu yoʻnalishga mas’ul xodimlar tomonidan hujjatlarning barcha me’yor talablari tushuntirilsada, toʻliq anglamaganligi bois, nooʻrin shikoyat bilan “Doktorantlar Official PhD, DSc” telegram kanali adminiga murojaat qilgan va shu asnoda, mazkur kanal admini ham institut mas’ul xodimlari bilan bogʻlanib holatni xolis o’rganmasdan (fact-cheking qilmasdan), fuqaroning murojaatidan kelib chiqib, Toshkent farmatsevtika instituti haqida bo’xton xabar sarlavhasi va matni bilan xabar qoldirgan.
Xabardagi rasmga (skrinshotga) ko’ra, murojaatchi o’zining chop etilgan ilmiy ishlari ro’yxatining tasdiqlatilishi bo’yicha berilgan javobni noto’g’ri talab deya baholagan. Vaholanki, tashkilotlarda davlat tilida ish yuritish amaliy qo’llanmalarida bu hujjat rasmiylashtirilishida ushbu talab mavjud. Buni yuqoridagi kanal adminining o’zi ham “Oliy ta'limdan keyingi ta'lim || (PhD, DSc) bo'yicha maslahat guruhi” kanaliga joylagan xabaridagi namunalarida ham ro’yxat muallif va ilmiy kotib tomonidan imzolanganligi, tashkilot muhri qo’yilganligi ko’rsatilgan (https://t.me/doktorantlarofficial_group/90319).
Respublikamizda bugungi kunda ochiqlik va shaffoflik siyosati oʻzining ijobiy natijalarini berib borayapti. Ammo oshkoralik deb, asl haqiqatni bilmay turib, masalaga bir tomonlama yondаshish tuhmat va igʻvo urchishiga sabab boʻladi.