Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2024-10-19 07:09:04
  • 6 comments
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Toshkent farmatsevtika institut rektorining o‘quv jarayoniga yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish ishtirokini ta`minlash to`g`risidagi buyrug'i ijro etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabr, PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni, 2018 yil 5 iyun, PQ-3775-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2019 yil 6 may, PQ-4310-son “Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarida belgilangan vazifalarning ijrosini to‘laqonli bajarish, o‘quv jarayoniga yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni keng jalb qilishni ta’minlash maqsadida “O‘sh davlat universiteti” “Farmatsevtika fanlari va klinik farmakologiya kursi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Polotov Alaibek Taalaibekovich va Sultonov Nursultan Erkinovichnilarning 2024 yil 16.10–19.10. kunlari Farmatsiya fakulteti Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasida “Tibbiyot va farmasevtika tovarshunosligi”, “Farmasevtikada boshkaruv”, “Dorixonalarda ish yuritish” fanlaridan talabalarga amaliy mashg‘ulotlarni olib borish maqsadida tashrif buyurdilar.

 

 

 

 

 

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating