Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
7- oktyabr 2024 yilda “Farmatsevtik ishlab chiqarishni tashkil qilish va sifat menejmenti” kafedrasida sanoat farmatsiya, farmatsiya yo’nalishi 3-4-5 kurs talabalari o’rtasida “Ko‘zga surtgum ustoz bosgan tuproqlarni” mavzusida tadbir o’tkazildi. Tadbirda faxriy professor-o’qituvchilaridan G.U.Tillayeva, A.A.To’laganov,D.T.Gaibnazarova,G.M.Ismoilova,I.M.Iminovalar,A.M.Eranazarov va kafedraning barcha yosh o’qituvchilari ishtirok etdi.
Professor G’.U.Tillayeva talabalrga Toshkent farmatsevtika institutining tarixi va vatanga bo’lgan muhabbati, ilmga bo’lgan muhabbati haqida so’z oldi.
-Vatanparvarlik, xizmat va o‘qish burchiga sodiqlik prinsipi yuzasidan institut xodim, talaba va doktorantlari o‘z o‘qish va xizmat faoliyatlarini ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, Vatanga sadoqat, xizmat va o‘qish burchiga sodiqlik asosida jamiyatning institutga bo‘lgan talabi va ishonchini ifodalagan holda amalga oshiradilar. Xodim, talaba va doktorantlar o‘z o‘qish va xizmat burchlarini o‘zaro xayrihohlik, o‘z manfaatlari va mafkuraviy qarashlaridan qat’iy nazar lozim darajada vaizfalarini bajaradilar. Yana professor G.U.Tillayevadan suhbat davomida talabalrni bo’sh vaqtda ko’p kitob o’qish inson kelajak yo’lini yoritishi va quyidagilarni gapirib o’tdi:
-Adolat, halollik va xolislik prinsipi yuzasidan institut xodim, talaba va doktorantlari o‘z xizmat va o‘qish faoliyatlarini amalga oshirishda adolatli, halol va xolis bo‘lishlari hamda institutga, unga tegishli bo‘lgan saytlar va ijtimoiy tarmoqlarga murojaat qilgan barcha yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan ushbu prinsip talablari asosida munosabatda bo‘lishlari shart.
-Ish va o‘qish vaqtiga rioya qilish yuzasidan xodim, talaba va doktorantlar darc mashg‘ulotlari va ishga o‘z vaqtida kelishlari, mehnat hamda o‘qish intizomiga rioya qilishlari shartligi haqida tushunchalar berdi. Talabalar uchun hozirgi kunda asosiy vazifalari vaqtida bilimga ega bo’lishligini tushuntirdi.
Farmatsevtik ishlab chiqarishni tashkil qilish va sifat menejmenti kafedrasi dotsenti I.M.Iminova talabalarga “Keksalar bilan so’zlashish madaniyatiga rioya etish shartlari” mavzusida chiroyli, mano’li suhbatlashish qoidalari haqida o’zbek millatiga xos hususiyatlari haqida so’z oldi.
Tadbir qiziqarli bo’lib o’tdi. Talabalar suhbat davomida o’zlari qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Professor-o’qituvchilar ham talabalar bilan bugungi suhbatdan juda mamnun bo’ldi.