Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
Institut "Registrator ofisi" talabalarga qulaylik yaratmoqda.
Toshkent farmatsevtika institutida Registrator ofisi tashkil etilgan bo'lib, bunda institut talabalari quyidagi ko'rsatiladigan xizmatlardan bevosita foydalanishlari mumkin:
- o'qiyotganli to'g'risida ma'lumotnoma olish;
- transkript (akademik ma'lumotnoma) olish;
- talabalarning shaxsiy ma'lumotlarini o'zgartirish;
- talabalik guvohnomasi;
- yillik akademik kalendar (o'quv grafigi) haqida ma'lumot olish;
- fanlarga registratsiya qilish;
- to'lov kontrakt miqdorlari haqida ma'lumot olish;
- fakultetlar haqida ma'lumot olish;
- talabalar safidan chetlashtirish haqida ma'lumot;
- kursdan qoldirish haqida ma'lumot;
- akademik ta'til haqida ma'lumot olish;
- o'qishni ko'chirish shartlari haqida ma'lumot;
- o'qishni tiklash va uhaqida ma'lumot olish;
- talabalar hujjatlaridan nusxa olish;
- talabalar yig'ma jildlarini (birlamchi hujjatlarini) qaytarish;
- talabalikka qabul shartlari haqida ma'lumot;
- talabalarni akademik masalalarda qo'llab-quvvatlash;
- imtihonlarga appelyatsiya berish hamda u haqida ma'lumot olsih;
- darslar jadvali haqida ma'lumot olish;
- yakuniy imtihonlar jadvali haqida ma'lumot;
- baholash natijalari haqida;
- stipendiyalar haqida ma'lumot;
- o'quv dasturlari haqida ma'lumot;
- talabalar turar joyi haqida ma'lumot;
- institutdagi mavjud kurs va markazlar haqida ma'lumot;
- bitiruvchilar aylanma varaqasini tasdiqlash;
- shikoyat va takliflar jo'natish va shu kabi qator xizmatlar.