Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2024-08-21 07:36:01
  • 6 comments
E'LON: Toshkent farmatsevtika institutida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun kirish imtihonlari oʻtkazilmoqda.

Bugun, Toshkent farmatsevtika institutida Vazirlar Mahkamasining “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni OTMlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi 17-son qaroriga muvofiq, texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni 2024/2025-o‘quv yili uchun institutning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish jarayonlari bo'lib o'tmoqda.

Dastlab jarayonlarni Toshkent farmatsevtika instituti rektori Kamal Saidakbarovich Rizayev kirish so'zi bilan ochib berdi va suhbat jarayonlarida ishtirok etuvchi qabul komissiyasi a’zolarini tanishtirib, imtihon o‘tkazish tartibi hamda belgilangan me’yorlar yuzasidan tushuncha berdi.

Suhbat jarayonlari shaffof, to'liq videkuzatuv va onlayn translyatsiya tarzida o'tkazilmoqda:

🔗https://www.youtube.com/live/wWP6y_9Sw4c?si=AyRYJkjuMHpIiWuQ

Ma’lumot oʻrnida: Texnikum bitiruvchilari, ularning ota-onalari va kuzatuvchilar uchun institutda barcha sharoitlar yaratilgan boʻlib, talabgorlarning ota-onalari va vakillari suhbat jarayonlarini jonli tarzda videotranslyatsiya orqali kuzatib bormoqda.

 

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating