Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2024-06-19 11:19:49
  • 6 comments
Xitoy Xalq Respublikasida Oʻzbekiston-Xitoy sogʻliqni saqlash sohasi davlat xizmatchilarining xalqaro tajribalar almashinuviga qaratilgan seminarlar oʻtkazilmoqda

Joriy yilning 14-27-iyun kunlari Xitoy Xalq Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasi tibbiyot sohasi kadrlarining rivojlangan davlatlar tibbiyoti amaliyotini oʻrganish orqali tajriba almashishini yoʻlga qoʻyish, xalqaro tajribalarni mamlakatimiz tibbiyotiga keng joriy qilish maqsadida “Davlat xizmatchilarining tajriba almashishi va insonparvarlik salohiyatini rivojlantirish boʻyicha tajribasini oshirish” mavzusida seminarlar oʻtkazilmoqda.

 

 

Mazkur xalqaro tajriba almashish seminarlari ikki mamlakat, xususan O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasiga xalqaro darajadagi tajribalarni va yangi, innovatsion xizmat metodlarini kiritgan holda sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan boʻlib, seminar doirasida yurtimizdagi qator sog‘liqni saqlash sohasidagi xodimlar qatorida, Toshkent farmatsevtika instituti Ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati boʻlimi boshligʻi F.B.Toshpoʻlatov va Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi D.S.Ibodullayev oʻz ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqdalar.

 

Toshkent famatsevtika instituti Axborot xizmati

Taklif va mulohazalaringizni jonating