Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2024-05-18 14:00:59
  • 6 comments
Xitoy farmatsevtika universiteti va Toshkent farmatsevtika instituti oʻrtasida navbatdagi oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

• Xitoy farmatsevtika universiteti va Toshkent farmatsevtika instituti oʻrtasida navbatdagi oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Xitoy Xalq Respublikasi Xitoy farmatsevtika universiteti tomonidan “Belt and Road” nomi ostida oʻtkazilayotgan xalqaro anjuman doirasida, nufuzli oliy ta’lim muassasalari qatorida Toshkent farmatsevtika instituti rektori Kamal Saidakbarovich Rizayev boshchiligida Xitoy farmatsevtika universiteti hamda Toshkent farmatsevtika instituti oʻrtasida navbatdagi “Letter of intent” nomli oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumning asosi farmatsevtika sohasini rivojlantirishga qaratilgan boʻlib, bunda ta'lim tizimida salohiyatli, yetuk kadrlar va kuchli ilmiy baza yaratish, tomonlar oʻrtasida nazariya va amaliyotni tadbiq etish hamda farmatsevtika sanoatining integratsiyasi, ta’lim va tadqiqot almashinuvlarini keng joriy etishga qaratilgan.

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating