Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2024-05-18 13:55:57
  • 6 comments
ʻzbekiston-Xitoy ta’lim forumining dastlabki kunida TFI rektori boshchiligida qator OTMlari bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.

• Oʻzbekiston-Xitoy ta’lim forumining dastlabki kunida TFI rektori boshchiligida qator OTMlari bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Xabaringiz bor, Toshkent farmatsevtika instituti rektori Kamal Saidakbarovich Rizayev ayni kunlarda Pekinda boʻlib oʻtayotgan Oʻzbekiston-Xitoy ta’lim forumida ishtirok etib turibdi.

Forumning dastlabki kunida Toshkent farmatsevtika instituti hamda Tianjin Foreign Studies University, Tianjin University of Traditional Chinese Medicine oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tomonlar mavjud imkoniyatlar doirasida o‘quv va ilmiy dasturlar bo‘yicha professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarini ishlab chiqadilar hamda qo‘shma xalqaro loyihalarni tashkil qilish va ishlab chiqish, o‘zaro manfaatli kelishuv asosida tayanch doktorantlar, doktorantlar va olimlarning ishlashi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash imkoniyatini yaratgan holda almashinuv dasturlarini tashkil etadilar.

 Shu bilan bir qatorda, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari tomonidan materiallar va ma’ruzalar, shuningdek, ilmiy maqolalarni muhokama qilish va nashr etish orqali konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, davra suhbatlari va mahorat darslarini tashkil etishga hissa qo‘shadilar.

 

 

7

Taklif va mulohazalaringizni jonating