Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2024-05-18 13:51:27
  • 6 comments
22–23-yanvar kunlari Pekin shahrida o‘tkazilayotgan birinchi O‘zbekiston-Xitoy taʼlim forumida TFI rektori ishtirok etmoqda.

• Joriy yilning 22–23-yanvar kunlari Pekin shahrida o‘tkazilayotgan birinchi O‘zbekiston-Xitoy taʼlim forumida TFI rektori ishtirok etmoqda.

Tadbirni Xitoy Ta’lim vaziri o‘rinbosari Chen Sze, O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov ochib berdilar.

Mazkur O‘zbekiston-Xitoy taʼlim forumida O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari delegatsiyasi tarkibida Toshkent farmatsevtika instituti rektori  Kamal Saidakbarovich Rizayev oʻz ma’ruzasi bilan ishtirok etmoqda.

Forum doirasida Toshkent farmatsevtika instituti hamda Chongqing Three Gorges Tibbiyot kolleji oʻrtasida oʻzaro hamkorlik yuzasidan memorandum imzolandi.

Ma'lumot o'rnida, mazkur forumda ikki mamlakat tomonidan 100 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, ilm-fan vakillari, vazirlik va idoralar mas'ullari ishtirok etishi, ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida talabalar va professor- o‘qituvchilar almashinuvini tashkil qilish, ta’lim sifatini oshirish, professional ta’limni rivojlantirish, ta’limni ishlab chiqarish bilan uyg‘unlashtirish, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish kabi yo‘nalishlarda ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va kengaytirish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

 

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating