Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2024-05-17 15:45:34
  • 6 comments
2023-yilning 29-noyabr kuni Minsk shahrining Respublika saroyida Belarus-O'zbekiston sog'liqni saqlash anjumani oʻtkazildi.

2023-yilning 29-noyabr kuni Minsk shahrining Respublika saroyida Belarus-O'zbekiston sog'liqni saqlash anjumani oʻtkazildi.

Anjumanda, ikki mamlakatning sogʼliqni saqlash sohasi masʼullari, yetakchi tibbiyot markazlari, tibbiyot oliy taʼlim muassasalari, yirik farmatsevtika korxonalari rahbarlari, hududiy sogʼliqni saqlash boshqarmalari vakillari qatorida, Toshkent farmatsevtika instituti rektori Kamal Saidakbarovich Rizayev ham ishtirok etdi.

• Tadbir avvalida Belarus Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari Igor Petrishenko, ushbu mamlakatning sog'liqni saqlash vaziri Dmitriy Pinevich va O'zbekiston Respublikasining sobiq Sog'liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov so'zga chiqib, qutlov so'zlarini yo'lladilar.

• Anjuman davomida, ikki mamlakat o'rtasidagi tibbiy hamkorlikning joriy holati va rivojlanish istiqbollari, oxirgi yillarda ikki davlat yetakchilarining sa'y-harakatlari bilan mamlakatlarimiz o'rtasidagi ko'p qirrali hamkorlik barcha sohalar qatori tibbiyot yo'nalishida ham izchil rivojlanib borayotgani, yurtimizda oʼtkazilgan Oʼzbekiston–Belarus sogʼliqni saqlash va tibbiyot taʼlimi kunlari esa ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilgani haqida so'z bordi.

• Tadbir doirasida ikki mamlakat sogʼliqni saqlash vazirliklari, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va ularning hududiy filiallari, tibbiyot oliygohlari, viloyat, tuman va shahar sogʼliqni saqlash muassasalari oʼrtasida turli yoʼnalishlarda hamkorlik qilish toʼgʼrisida 100 dan ortiq memorandum va kelishuvlar imzolandi.

Belarus davlat tibbiyot universiteti va Toshkent farmatsevtika instituti o‘rtasida, akademik va ilmiy hamkorlik yuzasidan bir qator kelishuvlar, Vitebsk xalqlar do'stligi ordeni tibbiyot universiteti va Toshkent farmatsevtika instituti o‘rtasida, oʻrta maxsus tibbiy maʼlumotga ega malakali mutaxassislarni tayyorlash darajasini oshirishga qaratilgan qoʻshma dasturlar ishlab chiqish yuzasidan o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.


 

Taklif va mulohazalaringizni jonating