Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2024-05-17 15:39:58
  • 6 comments
E’LON! Samarqand shahrida oʻtkazilgan O‘zbekiston-Turkiya II ta’lim forumida TFI rektori K.S.Rizayev ishtirok etdi.

2023-yilning 13–14-noyabr kunlari Samarqand shahrida oʻtkazilgan O‘zbekiston-Turkiya II ta’lim forumida TFI rektori K.S.Rizayev ishtirok etdi.

Forum, ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish imkoniyatlarini kengaytirish, talabalar almashinuvi dasturlari, qo‘shma ilmiy loyihalar va boshqa strategik yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, global istiqbolni ta’minlash uchun imkoniyat yaratish kabi mavzularga qaratilgan boʻlib, bunda Oʻzbekiston va Turkiyaning bir qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlari qatorida, Toshkent farmatsevtika instituti rektori Kamal Saidakbarovich Rizayev ham ishtirok etdi.

Oʻzbekiston-Turkiya II ta’lim forumi “Texnologik ijtimoiy manfaatlar va ilmiy hamkorlikning barqaror maqsadlari” mavzusidagi yalpi majlisda, sogʻliqni saqlash, farmatsevtika va biotexnologiyalar sohasida ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

 



Taklif va mulohazalaringizni jonating