Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
• Toshkent farmatsevtika instituti rektori Kamal Saidakbarovich Rizayev Xitoy Xalq Respublikasida oʻtkazilayotgan xalqaro anjumanda ishtirok etmoqda.
Ayni damda Xitoy Xalq Respublikasining Nankin shahrida joylashgan Xitoy farmatsevtika universiteti tomonidan farmatsevtika sanoatining integratsiyasi, ta'lim va tadqiqot masalalariga qaratilgan "Belt and road" mavzusi ostida xalqaro anjuman o’tkazilmoqda.
Dastlab anjumanni Xitoy farmatsevtika universiteti Prezidenti, professor Hao Haiping kirish soʻzi ochib berdi va tashrif buyurgan mehmonlarni samimiy qutlab, anjuman ishtirokchilariga omad tiladi.
Anjumanda Xitoy, Malayziya, Mongoliya, Moldoviya, Turkiya, Rossiya, Gana, Kambodja, Marokash, Oʻzbekiston, Hindiston, Nepal, Mara, Aljir, Qozogʻiston, Meksika, Braziliya, Pokiston, Togo va Zimbabve kabi qator davlat vakillari ishtirok etmoqda.
Ma’lumot oʻrnida: Anjuman 2 kun mobaynida davom etib, joriy yilning 16-17-may kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 15-19 may kunlari Toshkent farmatsevtika instituti rektori Kamal Saidakbarovich Rizayev rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasida