Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2024-05-14 14:41:25
  • 6 comments
Qozog‘iston Respublikasi S.D.Asfendiyarov nomidagi tibbiyot va Astana tibbiyot universitetlarining talabalari Toshkent farmatsevtika instituti “Farmakognoziya” kafedrasida akademik almashuv dasturi asosida amaliyoti

Top 1000 ro‘yxatiga kirgan Qozog‘iston  milliy tibbiyot universiteti “Farmatsevtik va toksikologik kimyo, farmakognoziya va botanika” kafedrasi assistenti An Vladimir Sergeevich raxbarligida Farmatsiya ta’lim yo’nalishi 3-kurs talabalari va Astana tibbiyot universitetidan Filipovich Galiya Saitovnani  rahbarligida Farmatsiya ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabalari 13.05.-18.05 kunlari akademik mobillik asosida Toshlent farmatsevtika instituti “Farmakognoziya” kafedrasida tashkil etilgan o‘quv amaliyotida qatnashishi rejalashtirilgan.

Amaliyotning birinchi kuni qozog‘istonlik talabalar bilan  kafedra mudiri, professor N.T.Farmanova., professorlar  Komilov X.M., Urmanova F.F., dotsentlar   Ikramova M.Sh., Xalilova R.Sh. va laboratoriya mudiri Muhitdinova M.K. lar suxbat o‘tkazib, farmakognoziya kafedrasi a'zolari hamda laboratoriya darslari, yangi avlod darsliklari bilan tanishtirdilar. 

Amaliyotning ikkinchi  kuni qozog‘istonlik talabalari kafedra bilan tanishuvini davom etirib, dotsent D.K.Pulatovaning “Tarkibida yog‘ va yog‘ moddalar bo‘lgan dorivor o‘simlik va mashg‘uloti” mavzusidagi laboratoriya mashg‘ulotiga tashrif buyurishdi.  

 

 

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating