Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik doirasida institut professor-oʼqituvchilarini akademik almashinuvini tashkil etish hamda xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirokini ta`minlash to`g`risida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-3775-sonli hamda 2019-yil 6 maydagi “Tibbiyot va farmatsevtika taʼlimi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4310-sonli qarorlarida belgilangan vazifalarning ijrosini toʼlaqonli bajarish maqsadida Toshkent farmatsevtika instituti rektorining 29.03.2024 yil 187-sonli buyrug`iga asosan dunyoning nufuzli 1000 taligi ro‘yhatidan joy olgan S.D.Asfediyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti “Farmasevtik va toksikologik kimyo, farmakognoziya va botanika” kafedrasi professori Sayakova Galiya Mirzagaliyevna tomonidan 13.04.2024-.26.04.2024 kunlari akademik mobillik bo‘yicha “Farmakognoziya” fanidan ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Farmakognoziya kafedrasi mudiri, professori Farmanova Nodira Taxirovna va dotsent Xalilova Shaxnoza Ravshanovna bilan hamkorlikda sanoat farmatsiya fakulteti “Dori vositalarni standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sifat menejmenti” yo‘nalishi 2 kurs 201 A va 203 A guruh talabalariga “Tarkibida efir moylar bo’lgan dorivor o’simliklar va mahsulotlar”, “Tarkibida alkaloidlar bo’lgan dorivor o’simliklar va mahsulotlar” hamda “Farmatsiya” yo’nalishi 302A, 308A, 311A guruh talabalariga “Tarkibida kumarinlar bo’lgan dorivor o’simliklar va mahsulotlar”, “Tarkibida turli biologik faol moddalar, tio- va siano glikozidlar bo’lgan dorivor o’simliklar va mahsulotlar”mavzusida ma’ruza va laboratoriya mashg’ulotlari o‘tildi. Bundan tashqari kafedra professor-o‘qituvchilarga seminar-treninglar o‘tkazildi. Kafedra professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ilmiy ishlar olib borish va o’quv-uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish rejalashtirildi.