Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
Toshkent farmatsevtika institutining 1-sonli “Talabalar turar joyi”da, 12-mart kuni soat 16:00 da, Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasining professor-o’qituvchilari R.Yu.Zakirova, N.N.Nusratova, N.R.Umaralieva, A.V.Pazliddinov tomonidan “Tozalik sog’lik garovi” kechasi tashkil qilindi.
Tadbirda 1- va 2-“Talabalar turar joyida” yashovchi talabalar qatnashdilar.
“Tozalik sog’lik garovi” kechasida kafedrasining professor-o’qituvchilari R.Yu.Zakirova, N.N.Nusratova, N.R.Umaralievalar tomonidan talabalarga “Etika va Estetika” ni: stulda tog’ri o’tirish madaniyati, stol bezatish qonun-qoidalari, galstuk boylash sir-sinoatlarini o’rgatishdi. Talabalar stulda qomatni tik tutib o’tirishni, stolda tarelka, qoshiq, sanchqi, hamda stakanlar qanday turish qoidalarini o’rganib stolni chiroyli qilib yasab qo’ydilar.Talabalar kafedra xodimlariga etika va estetikadan bilim berishda o’z hissalarini qo’shganlari uchun minnatdorchilik bildirdilar.
DVST kafedrasi