Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2024-04-26 06:20:02
  • 6 comments
E’LON!

  2024 yil 25-aprel kuni “Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘nalishida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent farmatsevtika instituti Organik sintez kafedrasi mudiri F.O.Poʻlatova va professor-o’qituvchilari, akademik litseylar va texnikumlarga metodik yordam koʻrsatish sektori bosh mutaxassisi I.A.Choriyeva, Farmatsiya fakulteti dekani muovini A.A.Tagʻbayevlar tomonidan Mirzo Ulug’bek tumanidagi 121-maktab rahbariyati hamda o’quvchilari bilan birgalikda oʻquvchi-yoshlarning adabiyotga, sheʼriyatga boʻlgan qiziqishlarini hisobga olgan holda “Maʼrifat ulashib’’ mavzusida tadbir o’tkazildi. Tadbirda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Shuhrat medali va Mehnat shuhrati ordeni sohibi, shoir Oʻktam Mirzayorov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

      Suhbat davomida oʻquvchilar shoir ijodidan namunalar oʻqishdi va o'zlarining qiziqtirgan savollariga  javob olishdi. Shoir tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.


 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating