Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
Dunyoning nufuzli 1000 taligi ro‘yhatidan joy olgan S.D.Asfediyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti “Farmasevtik va toksikologik kimyo, farmakognoziya va botanika” kafedrasi professori Bashkaeva Assel Kenesovna tomonidan 13.04.2024-.26.04.2024 kunlari akademik mobillik bo‘yicha “Dori vositalarini standartlash fanidan” ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tkazildi. 18.04.2024 yilda Farmasevtik ishlab chiqarishni tashkil qilish va sifat menejmenti kafedrasi bilan hamkorlikda sanoat farmatsiya yo‘nalishi 3 kurs 307 AB va 308 AB guruh talabalariga “Sintetik dori vositalar olish” mavzusida ma’ruza o‘tildi. Bundan tashqari kafedra professor-o‘qituvchilarga treninglar o‘tkazildi.Kafedra PO‘ lari bilan hamkorlikda ilmiy ishlar va uslubiy qo‘llanmalar birgalikda bajarishga kelishildi.