Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-03-15 12:16:54
  • 6 comments
Institutda Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ma’naviy-marifiy tadbir tashkil etildi Hozirgi kunda davlatimizning yuksak unvonlari va orden-medallariga sazovor bo‘lgan turli kasb sohibalarini

 

 

 

Hozirgi kunda davlatimizning yuksak unvonlari va orden-medallariga sazovor bo‘lgan turli kasb sohibalarini, fidoyi va mehnatkash ayollarimizni sanab sanog‘iga yetolmaysiz. Darhaqiqat, bugun o‘zbek ayollari davlatimiz va jamiyatimizning ardog‘ida, hamda diqqat va e’tiborida. Hozirgi kunda onalik va bolalikni muhofaza qilish, opa-singillarimizning og‘irini yanada yengillashtirish, ularning qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, lo‘nda qilib aytganda, ayollik baxtini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar izchillik bilan davom ettirilmoqda. Respublikamiz sog‘liqni saqlash tizimining yuksalishida Toshkent farmasevtika instituti ayollarining ham o‘ziga xos alohida o‘rni bor. 8 mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi katta faollar zalida “Sen muqadassan – muqaddas ayol” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.  Bayram tadbirida institutda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda, ularni barkamol, komil inson qilib tarbiyalashda faol xizmat ko‘rsatayotgan va ish faoliyati davomida yuqori ko‘rsatkichlarga erishayotgan 44 nafar ustozlar va xodimlar institut “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasining taklifiga binoan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Shuningdek, institut rektori K.S.Rizaev barcha ayollarni bayram bilan muborakbod etdi. Tadbirda O‘zbekiston  Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, xalqaro estrada tanlovlar laureati “Do‘stlik” ordeni sohibi Kozim Kayumov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Avazbek Olimov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Aziz Rajabov, Xalqaro ko‘rik-tanlov laureati Alesya Mansurova, Nihol davlat mukofoti sovrindori, Xalqaro ko‘rik-tanlov laureati Akilbek Piyazov, Nihol davlat mukofoti sovrindori, Respublika maqom ijrochilar laureati Ilyosjon Arabov, Nihol davlat mukofoti sovrindori Shaxbozjon Abduraxmonov, “Osmon” guruhi, Nihol davlat mukofoti sovrindori Baxriddin Zuhriddinovlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

Yoshlar bilan ishlash,

ma’naviyat va ma’rifat

bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating