Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2024-03-30 07:13:19
  • 6 comments
E’LON! Akademik mobillik laboratoriya darsini o‘tkazdi.

2024-yil 18-mart kuni akademik mobillik doirasida “Organik sintez” kafedrasi katta o‘qituvchisi N.K.Chinibekova D.Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston Milliy tibbiyot universiteti talabalari uchun “Suyuq va qattiq organik moddalarni tozalash va aniqlash usullari” mavzusida laboratoriya darsini o‘tkazdi. Mashg‘ulot davomida talabalar texnik xloroformni oddiy haydash, benzoy kislotasini qayta kristallash va antraxinonni sublimatsiya qilish bo‘yicha laboratoriya tajribalarini o‘tkazdilar. Dars D.Asfendiyarov nomidagi Qozoq Milliy Tibbiyot Universiteti Kimyo kafedrasi o‘qituvchilari, dotsent, PhD Begimova Gulzeinep Urisboevna va assistent Kuksina Irina Aleksandrovnalar ishtirokida o‘tkazildi.

Taklif va mulohazalaringizni jonating