Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2024-03-12 13:42:03
  • 6 comments
Hamkorlik! Noorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasiga al-Farobiy nomidagi Qozog`iston Milliy Universiteti, Analitik, kolloid kimyo va nodir elementlarning texnologiyasi kafedrasi dotsenti J.V. O`spanovaning tashrifi

Toshkеnt farmatsеvtika instituti Noorganik, fizik va kolloid kimyo kafеdrasiga joriy yilning 6 -12 mart kunlari al-Farobiy nomidagi Qozog`iston Milliy Universiteti, Analitik, kolloid kimyo va nodir elementlarning texnologiyasi kafedrasi dotsenti J.V. O`spanova tashrif buyurdi. Shuni ta’kidlash kerakki al-Farobiy nomidagi Qozog`iston Milliy Universiteti xalqaro reyting agentligi tomonidan o`tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko`ra dunyo reytingida 569 o`rinni egallaydi. Bunday tashriflarni uyushtirish institutlar aro aloqalarni  kengaytirish va hamkorlikni yahshilash hamda o`qitish sifatini oshirishga xizmat qiladi.

06.03.2024 sanasida J.V. O`spanova 2 kurs farmatsiya fakulteti talabalarigaDagal dispers sistemalar”,   O`zbek- Rossiya qo`shma ta`lim fakulteti talabalariga  Nanotexnologiyalarmavzularida ma`ruzalar oqidi. Noorganik, fizik va kolloid kimyo kafеdrasida J.V. O`spanova ishtirokida seminar trening bolib o`tdi. Seminarda kafеdra professor-o`qituvchilari ishtirok etdilar.


 

Taklif va mulohazalaringizni jonating