Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-03-10 10:29:22
  • 6 comments
Institut talabalari o‘rtasida Abdulla Oripov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Men nechun sevaman O‘zbekistonni” mavzusidagi insholar tanlovi joriy etildi

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 dekabrdagi “O‘zbekiston Qahramoni va xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-4906-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil  4 dekabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 dekabrdagi PQ-4906-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida”gi 636-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida institut talabalari o‘rtasida Abdulla Oripov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Men nechun sevaman O‘zbekistonni” mavzusida insholar tanlovi joriy etildi.

Tanlovda institutda tahsil olayotgan talabalar o‘zlarining ijodiy ishlari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Abdulla Oripov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Men nechun sevaman O‘zbekistonni” mavzusidagi insholar tanlovi uch bosqichda o‘tkaziladi.

Birinchi bosqich - institut fakultetlari, akademik guruhlari talabalari o‘rtasida joriy yil mart oyining birinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.

Ikkinchi bosqich - institut miqyosida fakultetlararo birinchi bosqich g‘oliblari o‘rtasida mart oyining ikkinchi o‘n  kunligida o‘tkaziladi.

Uchinchi bosqich (yakuniy) - respublika oliy ta’lim muassasalari g‘oliblari o‘rtasida joriy yil aprel oyida o‘tkaziladi.

Institut bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalarga (1-, 2- va 3-o‘rinlar) institut rektori tomonidan moddiy va ma’naviy rag‘batlantiriladi. Ijodiy ishlar institut Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi(1-o‘quv bino, 16-xonasi)ga taqdim etiladi.

Yoshlar bilan ishlash,

ma’naviyat va ma’rifat

bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova

Taklif va mulohazalaringizni jonating