Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
Farmatsevtik ishlab chiqarishni tashkil qilish va sifat menajmenti kafedrasi professor o’qituvchilari tomonidan 07.02.2024 yilda Toshkent shaxri 2-son Respublika Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi o’qituvchilari bilan “Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni farmatsevtika ta’lim sohasida qo’llash” mavzusida seminar o’tkazildi. Bunda kafedra dotsenti I.M.Iminova va katta oqituvchi Yo.T.Saidkarimovalar ishtirok etishdi. Bunda institut va 2-RTKda olib borilayotgan hamkorlik ishlari yuzasidan, yuqori malakali va professional kadrlar tayyorlashga ko’maklashish, maktab, litsey, kollejdagi “Xalq ta’limi tizimida amalga oshilayotgan islohatlar to’g’risida” olib borilgan ishlar va institutning jamiyatdagi hamda ta’lim tizimidagi yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llashda, yoshlarning ilmiy salohiyatini yuksaltirishdagi bilim ko’nikmalarni mustahkamlashda qo’llash uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, mashg’ulotlarda qo’llash yuzasidan ma’lumot berdi. Tadbir davomida o’qituvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollari bilan fikr almashdilar.