Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
"Farmakognoziya" kafedrasida mamlakatimizda bir davrning ikki buyuk dahosi Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan sanalar ketma-ketlikda nishonlandi. Farmakognoziya kafedrasi tomonidan 9-fevral kuni Buyuk she’riyat sultoni Alisher Navoiyning tavallud topgan kunining 583-yilligi munosabati bilan farmatsiya yo’nalishi 3-4-kurs talabalari o’rtasida "Navoiyxonlik” tadbiri tashkil etildi. Talabalar Alisher Navoiy bobomizning g‘azal va ruboiylaridan namunalar aytishib, asarlari asosida kichik sahna ko‘rinishlari namoyish etishdi. Tadbirda kafedra mudiri Farmanova N.T. va kafedra professor-o’qituvchilaridan Pulatova D.K., Qo'shoqova M.S., Abdumajidova I.O. lar talabalarga A.Navoiy ijodi va hayoti haqida ma’lumot berishdi, she’riy g’azallaridan she’rlar o’qildi. Davra suxbati davomida Qo'shoqova M.S. talabalarga A.Navoiy ijodi va hayoti yuzasidan savollar berdi, 3kurs 307-B guruh talabalaridan Muxtorjonov Javoxir, Hasanboyeva Maftuna, Eshboyeva Farangiz va 304- B Ubaydullayev I. va boshqa talabalar berilgan savollarga javob berib Navoiy va Bobur asarlaridagi hamohanglik yuzasidan bahs munozaraga kirishdilar.