Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
“Farmatsevtik ishlab chiqarishni tashkil qilish va sifat menejmenti” kafedrasida 9-fevral kuni Buyuk she’riyat sultoni Alisher Navoiyning tavallud topgan kunining 583-yilligi munosabati bilan sanoat farmatsiya yo’nalishi 3-4-kurs talabalarida va farmatsiya yo’nalishi 5-kurs talabalari o’rtasida “Navoiy siymosi va asarlari talabalar orasida” mavzusida suhbat – trening tadbiri o’tqazildi. Tadbirda kafedra mudiri N.A.Yunusxodjayeva va kafedra professor-o’qituvchilaridan G.M.Ismoilova, N.A.Madatova, Yo.T.Saidkarimova, D.M.Sarvarova, M.Shomaqsudova, Sh.Jabbarova, Sh Hakimjonovalar talabalarga A.Navoiy ijodi va hayoti haqida ma’lumot berishdi, she’riy g’azallaridan she’rlar o’qildi. Suxbat davomida Yo.T.Saidkarimova talabalarga A.Navoiy ijodi va hayoti yuzasidan savollar berildi, 3-kurs 402-A guruh talabalaridan Fayzullayeva Jayrona, Bahromqulova Shaxzoda va boshqa talabalar berilgan savollarga javob berdilar. Alisher Navoiy oʻzbek adabiyoti va madaniyati tarixidagi ulugʻ siymolardan biridir. Tadbir juda qiziqarli o’tdi.