Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~
 

Jumayeva Gulshoda Allanazarovna

Ilmiy darajasi va unvoni:

 

Lavozimi:

Bo'lim boshlig'i v.v.b

Qabul vaqti:

Har kuni (10:00-15:00)

Tel.:

(0 371) 256-38-50

Veb-sayt:

 

Xodimlar bo‘limi Toshkent farmasevtika institutining yagona kadrlar siyosatini shakllantirilishi va amalga oshirilishini ta’minlovchi va xodimlar kontingenti bilan bog‘liq ishlarni muvofiqlashtiruvchi mustaqil tarkibiy bo‘linmasidir.

Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari va yuqori tashkilotlarning me’yoriy-huquqiy xujjatlari, institut Ustavi, ichki tartib qoidalari va bo‘lim Nizomiga tayanadi. Bo‘lim o‘z faoliyatini tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari bilan hamjixatlikda amalga oshiradi.

Xodimlar bo‘limining asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat:
  • – xodimlar bilan ishlashda yangi usullar va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, xodimlarga doir xujjatlarni yagona tizimga keltirish, xodimlarni boshqarish jarayonini takomillashtirish;
  • – institut tuzilishi va shtati yuzasidan takliflar ishlab chiqishda qatnashish;
  • – xodimlar bilan ishlashda mehnat to‘g‘risidagi qonun xujjatlarining me’yorlariga rioya etilishini ta’minlash;
  • – institut xodimlarining ish qobiliyatini oshirish maqsadida ishlash uchun shart-sharoit yaratish va jamoada sog‘lom ma’naviy – ruhiy muhitni saqlab turish yuzasidan takliflar kiritish;
  • – xodimlarning shaxsiy xujjatlar yig‘majildlari, mehnat daftrachalari, bitiruvchilarga beriladigan diplomlar butligini ta’minlash.
Bo‘lim o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalariga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
  • – amaldagi qonun xujjatlariga muvofiq xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishni ta’minlash;
  • – xodimlarning amaliy va kasbiy sifatlarini o‘rganish;
  • – mehnat munosabatlariga oid barcha buyruqlarni rasmiylashtirish;
  • – xodimlar qo‘nimsizligi sabablarini o‘rganish;
  • – xodimlar shaxsiy tarkibiga oid statistik hisobotlarni yuritish;
  • – xodimlarning mehnat daftarchalari, shaxsiy yig‘majildlarini yuritish hamda saqlash;
  • – xodimlarga oid va ijtimoiy masalalarni hal etishda institutning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlariga maslahat va uslubiy yordam berish;
  • – mehnat intizomiga rioya etilishi ustidan nazoratni tashkil etish.
Xodimlar bo‘limi bo‘lim boshlig‘i tomonidan boshqariladi. Bo‘lim shtati 1-ta xodimlar bo‘yicha muhandis va 2-ta inspektor shtat birligidan iborat:

 

 

Baymurzaeva Saodat Muxtarovna 

 

Xodimlar bo‘yicha inspektor

Ma’lumoti – o‘rta maxsus

Mutaxassisligi – huquqshunos-iqtisodchi

 

 

Djurayeva Zarina Alimdjanovna.

 

Xodimlar bo‘yicha inspektor

Ma’lumoti – o‘rta maxsus.

Mutaxassisligi – huquqshunos.

Аbduraximova Movluda Nurullo qizi

 

Xodimlar bo‘yicha injener

Ma’lumoti – o‘rta maxsus.

Mutaxassisligi – farmatsevt