Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
Yunusxodjaeva Nodira Abdulxamitovna 1981 - yilda Toshkent shaxrida tug‘ilgan, millati o‘zbek. 2003 - yilda Toshkent farmatsevtika institutini imtiyozli diplom bilan tamomlagan.
Mehnat faoliyati:
1998-2003 yy. - Toshkent farmatsevtika instituti talabasi
2005-2008 yy. - Toshkent farmatsevtika instituti aspiranti
2008-2012 yy. - Toshkent farmatsevtika instituti “Farmatsevtik kimyo” kafedrasi assistenti
2013-2014 yy. - Toshkent farmatsevtika instituti “Farmatsevtik kimyo” kafedrasi katta o‘qituvchisi
2014-2016 yy. - Toshkent farmatsevtika instituti “Farmatsevtik kimyo” kafedrasi dotsenti v.b.
2016-2020 yy. - Toshkent farmatsevtika instituti “Farmatsevtik kimyo” kafedrasi dotsenti.
Ilmiy ishlari gemostatik va qandli diabetga qarshi ta’sirga ega o‘simlik xom ashyolari asosida nastoyka va ekstraktlar olish, sifatini baholash, zamonaviy tahlil usullarini ishlab chiqish va standartlash hamda tibbiyot, farmatsevtika amaliyotiga joriy etishga bag‘ishlangan.
2008 - yilda “Achchiq toron suyuq ekstrakti va qush toron nastoykasini standartlash” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi va OAK qarori bilan farmatsevtika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi.
2019 - yilda «Nastoyka va ekstraktlarni sifatini ta’minlash va standartlashdagi metodologik yondashuvni takomillashtirish» mavzusida fan doktorlik (DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan.
Ilmiy tadqiqotlari yuzasidan 100 dan oshiq ilmiy maqolalar, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta darslik 15 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi hisoblanadi.
Ilmiy natijalar asosida tibbiyot amaliyotiga bir necha original dori vositalarini tadbiq etgan: “Qush toron» nastoykasi” (FM 42 Uz-1249-2016), «Gemostat» suyuq ekstrakti (FM 42 Uz-0215-2019), “Achchiq toron” suyuq ekstrakti, “Fito diabetol” nastoykasi (Ts15005859-02:2016). Pedagogik staji -12 yil.