Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
Ma’lumki, yurtimiz mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng har bir jabhada o‘zgarish, yangilanish, taraqqiyot bo‘lgani singari, davlat idoralari, muassasalar umuman tashkilotlarda olib borilayotgan hujjatlarning yuritilishida ham sezilarli o‘zgarishlarni kuzatish mumkin. Rasmiy hujjatlarning yuritilishida institut Devonxonasining faoliyati muhim ahamiyatga ega. Ya’ni, institutga taqdim etilayotgan hujjatlarning yuritilishi, joriy etilishi, rasmiylashtirishi hamda ijro etilishi va boshqa bir qator vazifalar ushbu bo‘lim bilan bog‘liq.
Institut devonxonasiga 2001 yil iyun oyidan 2018 yil sentyabr oyigacha Qayumova Dilorom Bahodirovna mudirlik qilib kelgan.
2018 yil sentyabr oyidan buyon Azimova Nilufar Baxodirovna mudirlik qilib kelmoqda.
Devonxona mustaqil tuzilmaga ega, institut Nizomiga asosan ishlaydi va rektorga bo‘ysunadi. Uning asosiy vazifasi institutdagi ish yuritish xizmatini yagona davlat ish yuritish sistemasi qonuniga muvofiq tashkil etishdan iborat.
Belgilangan vazifani amalga oshirish uchun uning zimmasiga quyidagi yumushlar yuklangan: